TA`LIM MUASSASALARIDA PSIXOLOGIK XIZMAT BO’LIMI

 BO’LIMNING ASOSIY MAQSADI

  • Shaxsning har tomonlama shakllanishi, rivojlanishi, samarali ijtimoiylashuvi va moslashuvi, bolalar rivojlanishining barcha yosh davrlarida psixologik salomatligini muhofaza qilish uchun psixologik-pedagogik shart-sharoit yaratishning, umumiy o’rta ta’lim muassasalari o’quvchi – yoshlarini kasb – hunarga yo’naltirish, psixologik – pedagogik tashxis qilish, ularning iste’dod, qiziqish va moyilliklarini aniqlashning tashkiliy, ilmiy, metodik axborot dasturiy ta’minotini amalga oshirishdan iborat.

BO’LIMNING ASOSIY VAZIFALARI

  • O’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish va psixologik-pedagogik tashxis markazlari, ta’lim muassasalari uchun psixologik-pedagogik tashxis xizmati faoliyatini tashkiliy, ilmiy-metodik, axborot ta’minotini amalga oshirish;
  • Ta’lim muassasalarida psixologik xizmatni tashkil etish, nazorat qilish, uni takomillashtirish choralarini ko’rish, tegishli metodikalar, dasturlar, me’yoriy hujjatlar va tavsiyalar ishlab chiqish;
  • O’quvchilarning kasbiy moyilliklarini o’rganish, qiziqish va qobiliyatlarini tashxis qilish metodikalarini ishlab chiqish, amalda qo’llash jarayonini tashkil etish, ta’lim muassasalariga amaliy-uslubiy yordam berish;
  • Olti yoshli bolalarni maktabga yetuklik darajasini aniqlash bo’yicha psixologik-pedagogik tashxis komissiyalari ishini tashkil etish, ularni standartlashtirilgan psixologik metodikalar bilan ta’minlash, ota-onalarga maslahat va tavsiyalar berish, maktabga qabul qilingan 6 yoshli bolalarni o’qishga moslashuv jarayonini nazorat qilish, ular bilan korrektsion-rivojlantirish ishlarini tashkil etishda maktab psixologlari, o’qituvchilarga uslubiy yordam berish;
  • Faoliyat yo’nalishlari bo’yicha dolzarb masalalar bo’yicha Respublika miqyosida ilmiy-amaliy anjumanlar, seminar-treninglar va boshqa tadbirlarni tashkil etish;
  • Xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman shahar bo’limlarida tashkil etilgan o’quvchilarni kasbga yo’naltirish va pedagogik psixologik diagnostikasini metodik ta’minlash kichik guruhlari faoliyatlarini muvofiqlashtirish, ilmiy – metodik va maslahat xizmatlarini tashkil etish, tavsiyanomalar ishlab chiqish;
  • O’quvchilarning aqliy va jismoniy rivojlanishiga psixologik – pedagogik jihatdan tashxis qo’yish, ularning qobiliyati va moyilligini aniqlash, tashxis natijasida yetuk deb hisoblangan bolalarni olti yoshdan boshlab maktabga qabul qilish to’g’risida tavsiyanomalar berishni tashkil qilish;
  • O’quvchilar va ularning ota – onalariga ta’lim, tarbiya va ijtimoiy moslashtirish jarayoni haqida psixologik – pedagogik yordam va maslahat ishlarini tashkil etish;
  • Bo’limning asosiy faoliyati doirasida Vatanimiz va chet ellardagi ilg’or uslub va tajribalarni o’rganish, ularni milliy muhitga moslashtirish va bevosita amaliyotga tatbiq etish chora – tadbirlarini belgilash;
  • Iqtidorli o’quvchilar bilan ishlashning ilg’or tajribalarini o’rganish va ommalashtirish, iqtidor yo’nalishlariga qarab ma’lumotlar bankini yaratish, ularga huquqiy, pedagogik, psixologik, ma’naviy va boshqa sohalarda maslahatlar uyushtirish bo’yicha metodik, me’yoriy hujjatlar va yo’riqnomalar ishlab chiqish.

Bizning manzil

Toshkent shahar,
Yakkasaroy tumani,
Qushbegi ko`chasi, 16-A-Uy
Indeks: 100022
Tel.: (+99871) 250-35-80
Fax.: (+99871) 250-93-73
E-mail: tashxis_markazi@xtv.uz

Markaz rekvizitlari

L/S:400110860262877950100075001
INN: 203830036
OKONX: 92200
Moliya vazirligi g`aznachiligi
R/S: 23402000300100001010
Toshkent shahri Markaziy banki
Toshkent shahri XKKM
MFO: 0014
INN: 201122919

Ko’rsatkichlar

Back to Top

loading