KASB-HUNARGA YO’NALTIRISHNING METODIK TA`MINOTI BO’LIMI

BO’LIMNING ASOSIY MAQSADI

  • O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimida o’quvchi-yoshlarni kasb-hunarga yo’naltirish ishlarini tizimli tashkil etish va o’rnatilgan tartibda amalga oshirish, tashkiliy, ilmiy-metodik, axborot-ma’lumot va dasturiy ta’minlash hamda muvofiqlashtirishdan iborat.

BO’LIMNING ASOSIY VAZIFALARI

  • O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tizimi ta’lim muassasalarida o’quvchi-yoshlarni kasb-hunarga yo’naltirish, ularni ongli kasb tanlashga tayyorlash ishlarini tashkil etish,  muvofiqlashtirish, metodik va axborot ta’minotini amalga oshirish;
  • O’quvchilar va ularning ota-onalari uchun kasbiy tavsiyalar va maslahatlar berish, umumta’lim maktablari, kasb – hunar kollejlarida “Ochiq eshiklar” kunlari, “Kasblar festivali” tadbirlari, ishlab chiqarish korxonalari, fermer xo’jaliklariga tanishtiruv tashriflari hamda o’z mehnati bilan tanilgan, yuksak davlat mukofotlariga sazovor bo’lgan, el-yurt ichida obro’-e’tibor qozongan  ishlab chiqarish ustalari, hunarmandlar, fermerlar bilan uchrashuvlar tashkil etish;
  • 9-sinf bitiruvchilari va ularning ota-onalariga akademik litsey va kasb-hunar kollejlari to’g’risidagi ma’lumotlarni yetkazish, ularga hujjatlarni rasmiylashtirish, o’zlari tanlagan ta’lim muassasasiga topshirish ishlarida amaliy yordam berish;
  • 9-sinf o’quvchilarini akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga qamrab olish jarayoni monitoringini olib borish, ular to’g’risidagi ma’lumotlarning elektron bazasini shakllantirish;
  • O’quvchilarni  kasb – hunarga  yo’naltirish  va pedagogik- psixologik diagnostikasini metodik ta’minlash kichik guruhlari faoliyatini tashkil etish, muvofiqlashtirish, uslubiy yordam berish va nazorat qilish, ta’lim muassasalari uchun kasb-hunarga yo’naltirishning tashkiliy, ilmiy-metodik, axborot ta’minotini amalga oshirish;
  • Ta’lim muassasalarida kasb-hunarga yo’naltirish ishlarini tashkil etish, nazorat qilish, uni takomillashtirish choralarini ko’rish, tegishli metodikalar, dasturlar, me’yoriy hujjatlar va tavsiyalar ishlab chiqish;
  • O’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish va psixologik-pedagogik hududiy tashxis Markazlari va ta’lim muassasalari mutaxassislari malakasini oshirishni tashkil etish, monitoringini olib borish;
  • Faoliyat yo’nalishlaridagi dolzarb masalalar bo’yicha  Respublika miqiyosida ilmiy-amaliy anjumanlar, seminar-treninglar va boshqa tadbirlarni tashkil etish;
  • O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi Markazi bilan hamkorlik qilish, o’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish maqsadida hamkorlikdagi tadbirlarni tashkil etish hamda o’quvchilarni  kasb – hunarga  yo’naltirish  va pedagogik- psixologik diagnostikasini metodik ta’minlash kichik guruhilari va ta’lim muassasalarida tadbirlar o’tkazilishini nazorat qilish;
  • Faoliyat yo’nalishlari bo’yicha mamlakatdagi ilmiy muassasalar, oliy o’quv yurtlari, jamoat tashkilotlari, jumladan xorijiy mamlakatlarning muassasalari bilan hamkorlik qilish, mamlakat va xorijiy davlatlarning ilg’or tajribalarini o’rganish, umumlashtirish, ommalashtirish.

Bizning manzil

Toshkent shahar,
Yakkasaroy tumani,
Qushbegi mavzesi, 16-A-Uy
Indeks: 100022
Tel.: (+99871) 250-35-80
Fax.: (+99871) 250-93-73
E-mail: tashxis_markazi@xtv.uz

Markaz rekvizitlari

L/S:400110860262877950100075001
INN: 203830036
OKONX: 92200
Moliya vazirligi g`aznachiligi
R/S: 23402000300100001010
Toshkent shahri Markaziy banki
Toshkent shahri XKKM
MFO: 0014
INN: 201122919

Ko’rsatkichlar

Back to Top

loading