Templates by BIGtheme NET
Home » YANGILIKLAR » Maktablar zamonaviy AKT vositalari bilan jihozlanadi
photo_2018-04-18_17-11-08

Maktablar zamonaviy AKT vositalari bilan jihozlanadi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil may oyida Xitoy Xalq Respublikasiga qilgan davlat tashrifi doirasida “Umumta’lim maktablarining 5-9-sinflarida informatika va chet tili fanlarini o‘qitishning sifatini oshirish (1-bosqich)” loyihasini amalga oshirish uchun grant mablag‘larini ajratish bo‘yicha kelishuv amalga oshirildi.
3
Mazkur kelishuv asosida ikki davlat o‘rtasida amalga oshirilayotgan loyiha doirasida respublika miqyosida umumta’lim maktablarining informatika va chet tili xonalarini jihozlash uchun 1303 komplekt zamonaviy kompyuter texnikasi majmuasini yetkazib berish ko‘zda tutilgan. Ushbu komplekt o‘qituvchi uchun kompyuter (printer bilan), o‘quvchilar uchun kompyuterlar, interaktiv doska, proektor, kondisioner, stabilizator, kabel va tarmoq uskunalaridan iborat.

Bugun Sergeli tumanidagi 55-sonli maktabda mazkur loyiha doirasida zamonaviy kompyuter va AKT vositalari bilan jihozlangan dastlabki maktabning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Xalq ta’limi vaziri Ulug‘bek Inoyatov va Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Szyan Yan ishtirok etdi.

5 6 7

Umumta’lim maktablarining 5-9-sinflarida informatika va chet tili fanlarini o‘qitishning sifatini oshirish (1-bosqich)” loyihasi asosida yurtimizdagi umumta’lim maktablari umumiy qiymati 108.8 mln yuan (17 mln. AQSH dollari) miqdorida 18 886 komplekt zamonaviy kompyuter, 1303 komplekt interaktiv doska va proektorlar bilan jihozlanadi.

Xalq ta’limi vazirligi
Matbuot xizmati

 

About Alimuhammad Nazirbayev

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

*

ăn dặm kiểu NhậtResponsive WordPress Themenhà cấp 4 nông thônthời trang trẻ emgiày cao gótshop giày nữdownload wordpress pluginsmẫu biệt thự đẹpepichouseáo sơ mi nữhouse beautiful