Templates by BIGtheme NET
Home » YANGILIKLAR » Xushxabar
photo_2018-03-28_18-48-4517

Xushxabar

O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasini abadiylashtirish maqsadida o‘tgan yilning iyul oyida “Islom Karimov xotirasiga bag‘ishlangan eng yaxshi ilmiy-ommabop maqola” tanlovi e’lon qilingan edi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Birinchi Prezidentimiz xotirasini abadiylashtirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Ushbu ijodiy tanlov ham ana shu ezgu say-harakatlarning uzviy davomidir.

Quvonarlisi, ushbu nufuzli tanlovda Xalq ta’limi vazirligi muassisligidagi “Boshlang‘ich ta’lim” jurnali bosh muharriri Halim Saidov “Millat xazinasini boyitgan mutafakkir” maqolasi uchun birinchi o‘rin va tanlovning bosh mukofotini qo‘lga kiritdi.

Shu munosabat bilan, Xalq ta’limi vazirligi nomidan Halim Saidovni nufuzli tanlovdagi muvaffaqiyati bilan tabriklaymiz hamda u boshchiligidagi jamoaga “Boshlang‘ich ta’lim” jurnalini sohadagi ko‘p ming sonli boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining chinakam minbariga aylantirish, ularga metodik xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishda omad tilaymiz.

Xalq ta’limi vazirligi
Axborot xizmati

About Alimuhammad Nazirbayev

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

*

ăn dặm kiểu NhậtResponsive WordPress Themenhà cấp 4 nông thônthời trang trẻ emgiày cao gótshop giày nữdownload wordpress pluginsmẫu biệt thự đẹpepichouseáo sơ mi nữhouse beautiful