Templates by BIGtheme NET
Home » YANGILIKLAR » Akademiklar tajribasi o‘rganilmoqda
036987

Akademiklar tajribasi o‘rganilmoqda

Xalq ta’limi vazirligi tomonidan joriy yilning 20 dekabr kuni A.Avloniy nomidagi xalq ta’limi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabi direktorlari, direktor o‘rinbosarlari va o‘qituvchilar uchun “Zamonaviy pedagogik texnologiyalar va innovatsion metodlar” mavzusida o‘quv-uslubiy seminar tashkil etildi.

Unda vazirlikning ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim muassasalari sho‘basi rahbari Erkin Murodov, institut rektori pedagogika fanlari doktori professor Nargiza Raxmankulova va akademik Saidahror Gulyamov tomonidan yuqori intellektual qobiliyatga ega shaxslarni yetishtirish uchun ilm-fan va intellektual sog‘lom ta’lim muhitini yaratish, ta’limda bilim berish bilan birga o‘quvchilar qobilyatini rivojlantirish va samarali ishlatishga o‘rgatish, intellektual tadbirkorlikka investitsiyalar kiritish kabi qiziqarli masalalar haqida ma’lumotlar berildi.

4521369875

Trening mashg‘ulotlari bahs-munozaralarga boy bo‘ldi va mashg‘ulotlar yakunida “Fidbek” mashqi orqali ishtirokchilarning taklif va mulohazalari tinglandi, so‘ng pedagoglarning ehtiyojlari aniqlanib ularga pedagogik va psixologik tavsiyalar berildi.Seminarning asosiy qismi trening mashg‘ulotlar tarzida o‘tkazilib, professor R.Samarov, katta o‘qituvchilar R.Ishmuhammedov va S.Hafizovlar tomonidan “Pedagogik jamoalarda barqaror psixologik muhitni shakillantirishning psixotexnikasi”, “O‘quv jarayonida pedagogik texnologiya va interfaol usullar yordamida ta’lim samaradorligi oshirish yo‘llari” va “Hayotiy ko‘nikmalarni baholash vositasi va usullari” mavzusida trening mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

Xalq ta’limi vazirligi 
Matbuot xizmati

About Alimuhammad Nazirbayev

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

*

ăn dặm kiểu NhậtResponsive WordPress Themenhà cấp 4 nông thônthời trang trẻ emgiày cao gótshop giày nữdownload wordpress pluginsmẫu biệt thự đẹpepichouseáo sơ mi nữhouse beautiful