Templates by BIGtheme NET
Home » YANGILIKLAR » Kutubxonalar samaradorligini oshirish yo‘lida
bolalar kutubxonasi

Kutubxonalar samaradorligini oshirish yo‘lida

Xalq ta’limi vazirligi tomonidan joriy yilning 21 dekabr kuni Jizzax shahridagi bolalar kutubxonasida o‘quvchilar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib etish, ular qalbida vatanparvarlik, ezgulik singari yuksak insoniy fazilatlarga nisbatan mehr-muhabbat uyg‘otish maqsadida “O‘quvchilar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini shakillantirish va kutubxonalar faoliyati samaradorligini oshirish” mavzusida respublika o‘quv-seminari tashkil etildi.

11

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlardagi tuman (shahar) axborot-resurs markazlari rahbarlari va soha vakillaridan iborat jami 120 nafar mutaxassislar ishtirok etishdi.

Seminarda so‘zga chiqqan Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari Alisher Sa’dullayev va boshqalar xalqimiz ma’naviyatini yuksaltirish, navqiron avlodni Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarimizga hurmat va yuksak salohiyatli insonlar etib tarbiyalashda kitobning o‘rni beqiyos ekani haqida ta’kidlab o‘tdilar. Qolaversa, “Zamonaviy kitobxonlik”, “3D kitob nima?”, “Kitob bilan suhbat” kabi mavzularda ma’ruzalar tinglandi.

Tadbir davomida kitobxonlikka oid ishlab chiqilgan “Kutubxonalardagi hujjatlarni tartibga solish” nomli kitob taqdimoti o‘tkazildi va zarur o‘quv ko‘rgazmali vositalar tarqatildi.

O‘tkazilgan o‘quv-seminari yakunida ishtirokchilarga bolalar kitobxonligini oshirishning innovatsion usullari, kutubxonalarda yangi ish uslubi, o‘quvchilarda kitob mutolaasini shakllantirish, Axborot-resurs markazi va maktab kutubxonalari samaradorligini oshirishga oid ustuvor vazifalar bo‘yicha tagishli tasiyalar berildi.

Xalq ta’limi vazirligi
Matbuot xizmati

About Alimuhammad Nazirbayev

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

*

ăn dặm kiểu NhậtResponsive WordPress Themenhà cấp 4 nông thônthời trang trẻ emgiày cao gótshop giày nữdownload wordpress pluginsmẫu biệt thự đẹpepichouseáo sơ mi nữhouse beautiful