Templates by BIGtheme NET
Home » YANGILIKLAR » Markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmati
1_primary-large

Markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmati

So‘nggi yillarda Xalq ta’limi vazirligiga o‘qituvchi-pedagoglardan kelib tushayotgan ariza va shikoyatlarning aksariyati buxgalteriya sohasida yo‘l qo‘yilayotgan kamchilik va nuqsonlar bilan bog‘liq. adidas af 1 4 primeknit scarlet scarlet shock purple scarlet Xususan, xodimlarning oylik ish haqlarini hisoblashda, direktor jamg‘armasidan ustama haq tayinlashda yo‘l qo‘yilayotgan qonun buzilishlar pedagoglarning haqli e’tiroziga sabab bo‘layotgan edi. economico nike air max 95 uomo presa fabbrica lorsofurioso it 78943638 Bu ta’lim muassasalarining buxgalteriya tizimida hal etilishi zarur bo‘lgan muammolar borligini ko‘rsatadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining shu yil 21-avgustdagi “Ta’lim va tibbiyot muassasalarini moliyalashtirish mexanizmini hamda davlat moliyaviy nazorati tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-son 3231-son qarori bu kabi muammolarga barham berish, hisob-kitob xizmatini takomillashtirish singari maqsadlarga qaratilgan. Qarorda ta’lim va tibbiyot muassasalarida byudjet mablag‘laridan foydalanish jarayonida shaffoflikni ta’minlash va nazoratni kuchaytirish, byudjetdan moliyalashtirish, hisob va hisobot mexanizmini takomillashtirish, vazirlik va idoralarning bo‘ysunuvidagi muassasalarda byudjet intizomini yanada mustahkamlash, xalqaro e’tirof etilgan moliyaviy nazorat standartlarini joriy qilish yo‘li bilan qonunbuzilish holatlarining oldini olish maqsadlari ko‘zda tutilgan. Mazkur qarorga binoan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida individual tarzda faoliyat yuritib kelayotgan buxgalteriya xizmati faoliyati tugatilib, tuman (shahar) xalq ta’limi muassasalarida markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari tashkil etiladi. Markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmati quyi muassasalarning xarajatlar smetasi tuzilishi va ijro etilishi, ish haqini hisoblash va to‘lash, tovar, ish va xizmatlarning xarid qilinishi, byudjet hamda byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobining yuritilishini ta’minlash, faoliyat turi bo‘yicha tovarlar (ishlar, xizmatlar)dan tushadigan daromadlar monitoringini yuritish kabi vazifalarni bajaradi. O‘z navbatida, Xalq ta’limi vazirligi va uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq ta’limi boshqarmalarida Ichki audit va moliyaviy nazorat xizmatlari tashkil etilmoqda. asics tiger gel kayano trainer evo scarpa beige donna in linea Mazkur tizim tuman (shahar)dagi markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmati faoliyatini nazorat qilib, byudjet mablag‘larining noqonuniy sarflanishi va talon-toroj qilinishining oldini olish, tasarrufidagi muassasalarda xarajatlar smetasini rejalashtirish, byudjet hisobining yuritilishi, tender (tanlov) savdolarining o‘tkazilishi va shartnomalar tuzilishi ustidan monitoring qilish hamda profilaktika ishlari bilan shug‘ullanadi. Shuningdek, asossiz debitor va kreditor qarzdorliklarga yo‘l qo‘ymaslik, qonunbuzarliklarga imkoniyat yaratuvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etishda bevosita ishtirok etadi. nike uomo/nike air max 2019 uomo grigie Mazkur qaror ijrosini ta’minlash maqsadida shu yil 31-oktyabrida Xalq ta’limi vazirining Moliya vaziri bilan kelishilgan “Tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlarining markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 346-son buyrug‘i qabul qilindi. Nizomda markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatining vazifa va majburiyatlari belgilab berildi. Bugungi kunga qadar ta’lim muassasalaridagi individual buxgalteriya samarali faoliyat yuritishi uchun maktab direktori ham yetarli darajada hisob-kitob ilmiga ega bo‘lishi talab qilinar edi. Tabiiyki, maktab direktorlari bu borada yetarli bilimga ega bo‘lmagach, turli qonun buzilishlari yuzaga kelardi. Kimdir direktor fondi mablag‘larini noto‘g‘ri taqsimlaydi, yana kimdir o‘z tanish-bilishlariga ustamalar berishga intiladi. O‘tgan yillar davomida bizga fuqarolardan kelib tushgan ko‘plab murojaatlarda ayni shu mavzu ko‘tarilgan. Mazkur qaror asosida tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlarida markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmati tashkil etilayotgani shunday salbiy holatlarni bartaraf etish va korrupsiyaga barham berishda muayyan tizim yaratadi. nike 844839 100 nike kwazi men s shoe white pure platinum white in Pedagog-xodimlarga oylik maoshi va turli ustamalar berilishida shaffoflikni ta’minlashga erishiladi. Har bir o‘qituvchining necha soat dars o‘tishi, unga to‘lanayotgan ish haqi miqdori, direktor fondidan tayinlanayotgan ustamalar kimlarga berilayotgani, umuman, byudjetdan ajratilayotgan mablag‘ning nimaga sarflanayotgani haqidagi ma’lumotlar maktabdagi “E’lonlar taxtasi”ga joylashtirilib, jamoaga ochiq-oydin ko‘rsatib boriladi. Yana bir jihati, maoshning pedagog-xodimlarga yetkazilishidagi yangilikdir. Maktab direktori pedagog-xodimlarning maoshini berish to‘g‘risidagi ma’lumotnomani tasdiqlagach, “O‘zASBO” elektron dasturi orqali uni markazlashgan moliya-buxgalteriyaga jo‘natadi. Markazlashgan moliya-buxgalteriya xizmati hisobchilari qabul qilib olgan xujjatlarni hisob-kitobini qilib belgilangan muddatlarda tumandagi barcha o‘qituvchining bank plastik kartochkasiga o‘z vaqtida o‘tkazib beradi. chaussures retro jordan air jordan 3 femme enfant blanc Natijada, o‘qituvchilar o‘rtasida “Oylik maoshimni haligacha ololmadim, kechikayapti” yoki “Hisobchimiz nimagadir oylik maoshimdan ushlab qolibdi”, degan e’tirozlar kelib chiqmaydi. Shuningdek, xududdagi ta’lim muassasalari soniga qarab, tuman xalq ta’limi bo‘limlaridagi markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatining vaqtinchalik shtatlar jadvali tasdiqlandi. Bunda har bir xodim o‘ziga biriktirilgan vazifani bajaradi. Masalan, bir hisobchi moashlar bo‘yicha ishlasa, yana biri shartnomalar, xizmat (ish) ko‘rsatish yo‘nalishida hisob-kitobni amalga oshiradi. “Ayrimlar hisob-kitoblarning yangicha tizimini joriy etilishi maktab direktorining faoliyatini murakkablashtiradi” yoki “biron joyga pul o‘tkazmoqchi bo‘lsa ham tumanga borishga to‘g‘ri kelar ekanda” – degan mulohazalar tug‘ilishi tabiiy. Aksincha, yangi tizimda bu jihatlar ancha soddalashtirilgan. “Tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlarining markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari to‘g‘risidagi nizom”da buxgalteriya xizmati va ta’lim muassasasi rahbari o‘rtasidagi munosabat tartibga solingan. Ta’kidlanganidek, xizmat ko‘rsatiladigan muassasa rahbarlari buxgalteriya hisobi va nazorati uchun zarur hujjatlar, jumladan, xodimlarni lavozimga tayinlash, mukofot, moddiy yordam va ustamalar tayinlash kabi moliyaviy masalalar bayon etilgan hujjatlarni elektron dasturdan unumli foydalangan holda markazlashtirilgan buxgalteriyaga belgilangan tartib va muddatda taqdim etadi. Ta’lim muassasasiga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha markazlashtirilgan buxgalteriyaga qator majburiyatlar yuklatilgan bo‘lib, ular ushbu vazifalarni o‘z vaqtida bajaradi. Joriy yilning 1-noyabridan boshlab, Toshkent shahrining Yunusobod, Toshkent viloyatining Bo‘ka, Sirdaryo viloyatining Sirdaryo tumanlari hamda Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida mazkur xizmat faoliyati sinov tariqasida tashkil etildi. Buning uchun barcha shart-sharoitlar yaratilib, zarur axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan ta’minlandi. Hozir sinov jarayoni davom etmoqda. Maqsadimiz bosqichma-bosqich ta’limdan moliya-xo‘jalik faoliyatini ajratishdir, shunda ta’lim muassasasi rahbari hozirda kunlik birlamchi ishi bo‘lib qolgan moliya-xo‘jalik faoliyatidan kelajakda mutlaqo holi bo‘ladi degan umiddamiz.

About Alimuhammad Nazirbayev

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

*

ăn dặm kiểu NhậtResponsive WordPress Themenhà cấp 4 nông thônthời trang trẻ emgiày cao gótshop giày nữdownload wordpress pluginsmẫu biệt thự đẹpepichouseáo sơ mi nữhouse beautiful

https://www.caviarbase.com http://www.simondeli.com http://www.weeklyleak.com replica handbags replica handbags hermes replica replica bags replica handbags replica hermes https://www.9replicabag.com replica bags replica handbags http://nwaedd.org replica hermes hermes replica