Templates by BIGtheme NET
Home » YANGILIKLAR » Konstitutsiya – baxtimiz poydevori
min

Konstitutsiya – baxtimiz poydevori

1
Xalq ta’limi vazirligi tomonidan har yili an’anaviy tarzda 20-noyabrdan – 20-dekabrgacha huquqiy-targ‘ibot oyiligi tashkil etilib, oylik doirasida Bosh qomusimizning mohiyatini ochib berishga, o‘quvchilarning huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan huquqiy-ma’rifiy, madaniy tadbirlar intellektual musobaqalar, uchrashuvlar, ijodiy kechalar tashkil etiladi.

2

O‘quvchi-yoshlarning huquqiy bilimlarini oshirish, Respublika Konstitutsiyasining mazmun-mohiyatini puxta o‘rgatish, uning insonparvarlik, demokratik va adolatparvarlik tamoyillarini yozma ishlarda, tasviriy asarlarda, ko‘rgazmali vositalarda ifodalash, ta’lim muassasalarini ma’naviy-ma’rifiy, huquqiy – axloqiy mazmundagi ko‘rgazmali vositalar bilan jihozlanishini yo‘lga qo‘yish, pirovard natijada o‘quvchilar va aholining huquqiy savodxonligini hamda ijtimoiy faolligini oshirish, ularni qonunlarini bilish, hurmat qilish ruhida tarbiyalash maqsadida 2001 yildan buyon har yili an’anaviy tarzda «Konstitutsiyamiz baxtimiz poydevori» Respublika ko‘rik tanlovi o‘tkazilib kelinmoqda.

3Joriy yildan yangilik sifatida O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida”gi Qonuni mazmun mohiyatini o‘quvchilarga ongiga singdirish maqsadida tegishli qo‘llanmalar ishlab chiqilib hududlarga yetkazildi va ko‘rik-tanlov mazmuniga qonun targ‘iboti bilan bog‘liq bo‘lgan mavzular kiritildi.

“Konstitutsiya – baxtimiz poydevori” ko‘rik-tanlovi to‘rt bosqich – maktab, tuman (shahar), viloyat hamda Respublika bosqichlarida o‘tkazildi.

Tanlovning tuman va viloyat bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tganiqtidorli yoshlar shu yilning 6 dekabr kuni Toshkent shahri Yakkasaroy tumanidagi 319-sonli umumta’lim maktabida bo‘lib o‘tgan respublika bosqichida qatnashdilar. Shuningdek, “Barkamol avlod” respublika bolalar badiiy ijodiyot markazida ishtirokchilar tomonidan tayyorlangan ijodiy ishlar ko‘rgazmasi tashkil etildi va tanlovining respublika bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

4

Hakamlar hay’ati tomonidan o‘quvchilarning ijodiy ishlari Bosh Qomusimizning mamlakatimiz va xalqimiz hayotida tutgan o‘rni, har bir fuqaro taqdiridagi ahamiyati haqidagi tushuncha va qarashlarini erkin va teran ifoda etganligiga ko‘ra xolis baholandi.

5Ko‘rik-tanlovning Respublika bosqichi g‘oliblari Xalq ta’limi vazirligining diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Tanlovda o‘zlarining ijodiy ishlari bilan faol qatnashgan boshqa ishtirokchilar ham tashkilotchilar tomonidan faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan mukofotlandi.

Xalq ta’limi vazirligi
matbuot xizmati

About Alimuhammad Nazirbayev

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

*

ăn dặm kiểu NhậtResponsive WordPress Themenhà cấp 4 nông thônthời trang trẻ emgiày cao gótshop giày nữdownload wordpress pluginsmẫu biệt thự đẹpepichouseáo sơ mi nữhouse beautiful